“Cobalt” Muzaffarbek To‘raboyevga nasib qildi

Date:

Polvonlar yurti Surxondaryoda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan nufuzli dzyudo musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi. Jarqo‘rg‘on tumanining “Nurli diyor” mahallasida o‘tkazilgan ushbu sport anjumani nafaqat kuch va mahorat, balki jasorat, matonat hamda ajdodlar xotirasiga hurmat timsoliga aylandi.

To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlab an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan turnir bu yil ham murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqada vohamizning sara polvonlari bilan bir qatorda yurtimiz hamda xorijiy davlatlardan xalqaro turnirlar va Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari ishtirok etdi. Bu esa bellashuvlarga yanada katta nufuz va raqobat baxsh etdi.

Tatamiga chiqqan dzyudochilar -66, -73, -90 va +90 kilogramm vazn toifalarida g‘oliblik uchun bor kuch va mahoratini ishga soldi. Har bir uchrashuv muxlislar olqishi ostida kechib, polvonlarning chidami, tezkorligi va taktik tayyorgarligini namoyon etdi. Ayniqsa, mutloq vazndagi bahslar tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi.

Keskin va shiddatli kechgan final bahslarida Boysun tumani vakili Muzaffarbek To‘raboyev barcha raqiblarini ortda qoldirib, mutloq vazn g‘olibiga aylandi. Uning qat’iyati, kuchli tayyorgarligi va tatamidagi ustun harakatlari muxlislar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Turnirning eng katta sovrini — “Cobalt” avtomobili esa mutloq vazn g‘olibi Muzaffarbek To‘raboyevga tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur musobaqa sport orqali yoshlarni vatanparvarlik, jasorat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, ajdodlar xotirasini munosib e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun