Termiz shahridagi 9-maktabda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi. Unda barcha tuman va shaharlarda g‘olib bo‘lgan maktab jamoalari ishtirok etdi.
Har bir jamoa 5 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, jami 75 nafar ishtirokchi o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda. Tanlov jarayonlari shaffoflikni ta’minlash maqsadida aniq mezonlar asosida baholanib, onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratilgan.
G‘olib jamoalar munosib rag‘batlantiriladi: 1-o‘rin — 250 mln so‘m, 2-o‘rin — 200 mln so‘m, 3-o‘rin — 150 mln so‘m.
Mazkur tanlov yoshlar o‘rtasida bilimga qiziqishni oshirish, jamoaviylik va raqobat muhitini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

