Etika qoidalari tasdiqlandi

Date:


Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur hujjat sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda qonuniylik, adolat, ochiqlik hamda inson huquqlarini himoya qilish tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan.

Qoidalarga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanishda qonuniylik, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligi, tushunarlilik, mas’uliyat va nazorat, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar himoyasi, shaffoflik hamda xavfsizlik kabi asosiy tamoyillarga amal qilinishi belgilandi.

Shuningdek, inson huquq va erkinliklariga daxldor yuridik ahamiyatga ega qarorlar yoki sog‘liqni saqlash sohasidagi muhim qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellekt xulosalariga tayanish mumkin emasligi qayd etildi.

Hujjatga muvofiq, sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiquvchi va joriy etuvchi subyektlar ushbu texnologiyalardan foydalanish maqsadi, imkoniyatlari hamda ularning natijalari har doim ham mutlaq to‘g‘ri bo‘lmasligi haqida foydalanuvchilarga ochiq ma’lumot berishi lozim.

Mazkur etika qoidalarining joriy etilishi sun’iy intellekt texnologiyalaridan mas’uliyatli va xavfsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek inson huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun