Magistrantlarimiz Jiangsuda

Date:

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bilim olish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Ayni kunlarda universitet magistratura bosqichining 13 nafar iqtidorli talabalari Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Jiangsu universitetida qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olmoqda. Ular xalqaro ta’lim muhitida bilim va tajribalarini boyitib, zamonaviy akademik jarayonlarda faol ishtirok etmoqda.

Mazkur hamkorlik Termiz davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tibbiyot ta’limida “5+1” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimi yangilanadi. 2027–2028 o‘quv...

Yo‘l bo‘yidagi xizmatlar salohiyati oshirilmoqda

Angor tumanida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida xizmat ko‘rsatish,...

“Vatanparvar” imkoniyatlari yoshlar nigohida

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi faqat nazariy tushunchalar bilan emas, amaliy mashg‘ulot...

“Afg‘on shamoli”: olimlar yechim izlamoqda

Xitoyning Sian arxitektura va texnologiya universitetida Xitoy, O‘zbekiston va...
KunTun
KunTun