Yoshlar ishli bo‘ldi

Date:

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, bu kunlarda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Sariosiyo tumani “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘idagi Ma’naviyat maskanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman hokimligi, prokuratura, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 24 ta davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok etib, jami 134 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Tadbir davomida yoshlar va fuqarolarga mehnat huquqi hamda bandlik masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Yakunda 12 nafar ishsiz yosh ish bilan ta’minlandi, 56 nafar fuqaroga esa mehnat va bandlik masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun