Qumqo‘rg‘onda yangi dehqon bozori

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon” mahallasida avvalgi “Oqsoy buyum bozori” o‘rnida zamonaviy Markaziy oziq-ovqat dehqon bozori qurilishi jadal davom etmoqda.

Tuman hokimi Farrux Xoliqov hududga tashrif buyurib, qurilish jarayonlari, ishlar sifati hamda materiallardan foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullarga qurilishni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash, ishlarni jadallashtirish va hududda obodonlashtirish ishlarini parallel olib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi bozorda 120 ta do‘kon va 250 ta savdo rastasi tashkil etiladi. Bu yerda aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Loyiha natijasida qariyb 800 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Yangi bozor tumanda savdo xizmatlarini kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun