Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Date:

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida keng nishonlanmoqda. Bu davr nafaqat ma’naviy poklanish, balki aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar bilan ham ahamiyatlidir.

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan iftorlik tadbirida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, jamoatchilik faollari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish va oilalar daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Har bir yangi loyiha aholi uchun barqaror daromad manbai va munosib turmush sharoiti yaratishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash va tashkiliy masalalarda amaliy yordam ko‘rsatish muhim vazifa etib belgilandi.

Mazkur tadbir Ramazon oyining ezgulik va hamjihatlik ruhini mustahkamlash bilan birga, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qiladigan aniq vazifalarni belgilab berishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun