Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Date:

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur kirib keldi. Internet tarmog‘i orqali muloqot qilish, onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, savdo-sotiq qilish va ta’lim olish oddiy holga aylandi. Raqamli imkoniyatlar kengaygani sari, afsuski, kiberjinoyatlar soni ham ortib bormoqda. Shu bois, kiberxavfsizlik masalasi jamiyatning eng muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
Kiberjinoyatchilar insonlarning ishonuvchanligi va axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlari yetarli emasligidan foydalanib, turli firibgarlik harakatlarini amalga oshirmoqda. Ayniqsa, bank kartasi ma’lumotlarini aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritish, soxta internet do‘konlar orqali pul undirish, ijtimoiy tarmoq akkauntlarini buzish, noma’lum havolalar orqali zararli dasturlarni tarqatish holatlari ko‘p uchramoqda.
Ko‘p hollarda jinoyatchilar o‘zini bank xodimi, texnik mutaxassis yoki rasmiy tashkilot vakili sifatida tanishtirib, fuqarolardan maxfiy ma’lumotlarni so‘raydi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bugungi kunda kiberjinoyatlarning aksariyati texnik buzish orqali emas, balki psixologik ta’sir — ya’ni ijtimoiy injeneriya orqali amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilar insonni shoshirish, qo‘rqitish yoki qiziqtirish orqali uning o‘zi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishga erishadi. Masalan: “Kartangiz bloklanmoqda” degan qo‘ng‘iroqlar, “Sovrin yutdingiz” mazmunidagi xabarlar, tezkor to‘lov talab qilingan holatlar…
Bunday vaziyatlarda fuqarolarning ehtiyotkorligi juda muhim. Kiberxavfsizlikni ta’minlash uchun maxsus bilim talab etilmaydi. Shunchaki, SMS tasdiq kodlarini hech kimga aytmaslik, noma’lum havolalarga kirmaslik, parollarni murakkab va maxfiy saqlash, faqat rasmiy ilovalarni yuklab olish, antivirus dasturlaridan doimiy foydalanish, shubhali qo‘ng‘iroq va xabarlarga ishonmaslik kifoya
Kiberxavfsizlik faqat alohida shaxs emas, balki butun jamiyat xavfsizligi bilan bog‘liq masaladir. Banklar, ta’lim muassasalari, davlat va xususiy tashkilotlarda axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish, xodimlarni muntazam o‘qitish va profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega.
Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti insonlarga katta qulayliklar yaratmoqda. Biroq internetdan xavfsiz foydalanish madaniyati shakllanmasa, bu imkoniyatlar jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir fuqaro kiberxavfsizlik qoidalarini bilishi va ularga amal qilishi zarur.
Ogohlik, bilim va mas’uliyat — kiberjinoyatlarga qarshi eng ishonchli himoyadir.

B.Abdualimov,
viloyat IIB ATSJQKB XPG katta inspektori, leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun