Qalblarga manzur spektakl

Date:

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan Uyg‘un va I. Sulton asari asosida sahnalashtirilgan “Alisher Navoiy” spektakli Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlariga namoyish etildi. Spektakl O‘zbekiston san’at arbobi (marhum) M. Ravshanov sahna talqini asosida, rejissyor F. Boltayev tomonidan mahorat bilan sahnalashtirildi.

Buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab namoyish etilgan ushbu asar mazmunan chuqur, ruhan ta’sirli bo‘lib, tomoshabinlarga katta taassurot qoldirdi. Aktyorlarning yuksak ijrosi, obrazlarning ishonarli talqini Navoiy siymosini sahna orqali yanada yaqin va ta’sirchan namoyon etdi. Har bir sahna tomoshabinlarning samimiy va davomiy olqishlari bilan qarshi olindi.

Spektakl yakunida tomoshabinlar ijodkorlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, ushbu asarni keng jamoatchilikka, ayniqsa yoshlar o‘rtasida namoyish etish muhimligini ta’kidladilar. “Alisher Navoiy” spektakli nafaqat badiiy asar, balki ma’naviy saboq, tarixiy xotira va ibrat maktabi sifatida qalblarda chuqur iz qoldirdi.

Oldingi sahifaNavoiy merosiga ehtirom
Keyingi sahifaRanglar jilo sochdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elobod”da 100 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida xitoylik investorlar tomonidan 5 million...

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...
KunTun
KunTun