Jinoyat fosh etildi

Date:

Respublika miqyosida olib borilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatida giyohvandlikka oid navbatdagi jinoyat aniqlandi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari Denov tumani, Vodiy mahallasidagi yashash xonadonlarining birida qonuniy asosda tintuv o‘tkazdi. Tekshiruvda qora sellofan paketga o‘ralgan, giyohvandlik modda ekani taxmin qilingan geroin aniqlanib, ashyo­viy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Dastlabki o‘lchovlarga ko‘ra, moddaning sof vazni qariyb 700 gramni tashkil qilgan, bu esa yirik miqdordagi giyohvandlik vositasini saqlash bilan bog‘liq og‘ir jinoyat sifatida baholanmoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, giyohvand moddaning kelib chiqish manbai va tarqatishda ishtirok etgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...

Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanidagi Oila maskanida nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga...

Ilg‘orlar rag‘batlantirildi

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov va tuman IIB boshlig‘i...

Sogʻlom ruhiy muhit — harbiy intizom va jangovar shaylik poydevori

​Mamlakatimiz xavfsizligi va sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashda harbiy xizmatchilarning jismoniy...
KunTun
KunTun