“Aqlli” texnologiyalardan foydalansak…

Date:

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, amaliyotda innovatsiyalar va ilg‘or g‘oyalarning tizimli amalga oshirilishi, xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatlari bilan birgalikda, ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish omili sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda iqtisodiyotni innovatsion modellari asosida rivojlantirayotgan va “aqlli” texnologiyalardan keng foydalanayotgan mamlakatlar yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishmoqda va global bozorlarda o‘zlarining raqobatbardoshligini mustahkamlamoqda.

Rivojlanishning boshqa muhim jihati shundaki, hujjat an’anaviy ishlab chiqarish resurslari — xomashyo, kapital va mehnat emas, balki innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar, bilim va intellektual shaxsni ustuvor deb ta’kidlaydi. Aynan shu jihat innovatsiyalarni zamonaviy iqtisodiyotda strategik resurs sifatida ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi.

XXI asrda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, zamonaviy boshqaruv usullarining paydo bo‘lishi, yangiliklarning yuzaga kelishi bozor iqtisodiyotining muhim omiliga aylandi. Bu operatsion samaradorlik, hisob-kitob va mahsulot sifatini belgilashning muhim omiliga aylandi. Buning sababi shundaki, bugun iqtisodiy tizimda xizmatlar sohasining roli keskin ortib bormoqda. Ushbu sohaning iqtisodiy o‘sishdagi strategik roli yangi ilmiy bilimlar, intellektual resurslar, axborotkommunikatsiya texnologiyalari, ko‘nikmalar, konsalting, texnologik maslahatlar va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan resurslardan foydalanish bilan belgilanadi.

  Nigora Turopova,

TerDu iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tizimda yangi bosqich

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy...

“Burch, jasorat, matonat!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat...

TerDU finalga chiqdi!

Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “Voha ligasi”...

Surxonda oʻrik pishdi

Surxon vohasining quyoshli iqlimi va unumdor tuprog‘i qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun