Kitob o‘qisa, muddati qisqaradi

Date:

Yangi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, belgilangan ro‘yxatdagi kitoblarni o‘qigani tasdiqlangan ayrim mahkumlarga jazo muddatini qisqartirish imkoniyati berilmoqda. Bunda umrbod ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar istisno qilinadi.

Qoidalarga muvofiq, har bir o‘qilgan kitob uchun jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi mumkin, bir yil davomida esa bu muddat eng ko‘pi bilan 30 kunni tashkil etadi. Kitob o‘qiganlik maxsus komissiya tomonidan imtihon (baholash) asosida aniqlanadi.

Komissiya xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, muassasa ma’muriyati sudga jazo muddatini qisqartirish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. Yakuniy qaror esa sud tomonidan qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arzon va sifatli

Sho‘rchi tumanida aholiga arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib...

Armiya — bilim va kasb maktabi

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha...

Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport...

2,3 ming nafar fuqaroga jihozlar topshirildi

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda...
KunTun
KunTun