Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

Date:

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Reklama TV, radio, gazeta va jurnallar, onlayn platformalar va ijtimoiy tarmoqlar, bilbordlar, tashqi reklama hamda xorijiy internet platformalari va mobil ilovalarda amalga oshirilishi mumkin.

Davlat xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismini qoplaydi, biroq yillik limit 250 million so‘mdan oshmasligi belgilangan. Mablag‘lar Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Ushbu chora korxonalarni mahsulotlarini keng targ‘ib qilish va ichki bozorda raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun