IJTIMOIY HIMOYA RAQAMLARDAMAS – INSONLAR TAQDIRIDA

Date:

Angor tumanining “Qorabog‘” mahallasida aholini ijtimoiy jihatda qo‘llab quvvatlash maqsadida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan,  boquvchisini yo‘qotgan, yagona reyestrda turuvchi Gulsin Qoshoqovaga bolalar nafaqasi tayinlanib, oila kambag‘al oila reyestriga kiritildi. Farzandlari yozgi oromgohlarda dam oldi, to‘garaklarga jalb etildi. Shuningdek, subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari,  uning mahalladoshi 1-guruh nogironligi bo‘lgan Aslbek Tog‘aymurodovga nogironlar aravachasi berildi, farzandi kunduzgi parvarish xizmatiga jalb qilindi. Ushbu xonadon bo‘yicha keys ochilib, manzilli yordam ko‘rsatildi

Mahallaning yana bir vakili Mamarasul Mo‘minov oilasiga bolalar nafaqasi tayinlanib, kambag‘al oila reyestriga kiritildi. Kerakli yordam ko‘rsatildi. Bolalari to‘garaklarga jalb etilib, o‘quv qurollari, parta va stol bilan ta’minlanib, mahalla tomonidan 10 foizlik jamg‘armadan 1,5 million so‘m moddiy yordam ajratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun