SUDGA ELEKTRON SHAKLDA MUROJAAT QILINADIMI?

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–253-son Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi.

Jumladan:

–fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil

–sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish;

–shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish.

Konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi subyekti bo‘lmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yo‘llangan murojaat Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektga yuboriladi.

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega subyekt tomonidan shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmaganda muallifga ushbu masalani kiritishga asos mavjud emasligi tushuntirilib xabar beriladi va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etiladi.

Konstitutsiyaviy shikoyat instituti bo‘yicha:

–muayyan ish bo‘yicha sud tomonidan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaviy sud tomonidan Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilishi sud hujjatini o‘rnatilgan tartibda qayta ko‘rishga;

–muayyan ish bo‘yicha qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy sudga Oliy sud tomonidan murojaat kiritilishi holatini sudda tegishli ish bo‘yicha ish yurituvini to‘xtatishga asos sifatida belgilanadi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, 2026-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutildi:

–sud ishtirokchilarini Konstitutsiyaviy sud majlisining vaqti va joyi haqida “Sud xabarnomasi” elektron xizmati va YAIDXP (my.gov.uz)ning mobil ilovasi orqali elektron tarzda xabardor qilish;

–sud majlislari videokonferensaloqa rejimida, shu jumladan, mobil ilovadan foydalangan holda o‘tkazilishini ta’minlash;

–sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizim yordamida shakllantirish.

Shuningdek, 2027-yil 1-avgustdan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega “E-KSUD” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etiladi:

▪️ Konstitutsiyaviy sudga elektron shaklda murojaat qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish;

▪️ fuqarolar va yuridik shaxslarga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;

▪️ sud majlislarini jonli efirga uzatish imkoniyatini yaratish;▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Jamshed BOBOYEV,

viloyat ma’muriy sudi bosh konsultanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Junna Kikuchida master-klass

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Jar Judo Center” klubida yaponiyalik tajribali murabbiy,...

Bir yoqadan bosh chiqarib…

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Ko‘ganli” mahallasi aholisini suv bilan ta’minlab kelayotgan...

Olis hududlardagi maktablar uchun onlayn darslar

 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 19-dekabrdagi...

Parrandachilik sohasida yangi loyiha

Oltinsoy tumanidagi Bibizaynab mahallasi hududida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish,...
KunTun
KunTun