Hokim Xitoy delegatsiyalarini qabul qildi

Date:

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar hamda investitsiyalarni hududlarga keng jalb etish Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu doirada bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatimizga tashrif buyurgan Xitoy Xalq Respublikasining “Feichi Jingxiang Baijiu Co Ltd” kompaniyasi rahbari Vang Syaocha hamda “Samarkand International College” ijrochi prezidenti Vang Syaolin boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi.

Uchrashuv davomida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, energetika sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Termiz tumanida “Texno Park”, o‘quv markazi, texnikum, ishlab chiqarish majmualari va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan innovatsion shaharcha barpo etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, foydali qazilma boyliklarni o‘zlashtirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash orqali ip-kalava ishlab chiqarishga qaratilgan loyiha-takliflar atroflicha muhokama etildi.

Muzokaralar jarayonida har bir loyiha yuzasidan texnik-iqtisodiy asoslar tahlil qilinib, Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, bildirilgan tashabbuslarni malakali mutaxassislar ishtirokida yanada takomillashtirish, joy tanlash hamda amaliy ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun