Kelgusidagi rejalar muhokamada

Date:

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash bugungi kunda hudud rahbarlari oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanining At-Termiziy mahallasida joylashgan Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida tumandagi ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarining hisobotlari tinglandi. Jumladan, 633 nafar ishsiz yoshga biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, yirik savdo obyektlari, soliq va bandlik bo‘limlari hamda tijorat banklari vakillari tomonidan axborot berildi.

Viloyat rahbari yoshlar yetakchilari va mas’ullarga har bir yosh bilan individual ishlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda to‘g‘ri yo‘nalish belgilash, ish bilan ta’minlash va barqaror daromad manbalari yaratishda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, texnikum bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, kelgusida dual ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish usullarini joriy etish hamda chet el korxonalari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun