“Prezident sovg‘alari” topshirildi

Date:

Yangi yil ezgulikka yo‘g‘rilgan, mo‘jizalarga, ertaklarga ishonishga o‘rgatadigan bayram. Yangi yil quvonch, xursandchilik ulashadi. Kattalarni ham boladek shod-u xurramlik ila bayramni nishonlashga kuch beradi. Bu yilgi yangi yil bayrami ham ana shunday hayajonli lahzalarga boy ekani bilan qadrli va qimmatli.

Bayram bayramdek o‘tishi uchun esa turgan gapki, bolajonlarning qalbi sovg‘lar bilan xushnud etiladi. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish, bolajonlarni quvonchga to‘ldirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda “Prezident sovg‘asi” topshirilib kelinadi. Ma’lumot uchun, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 894 dona “Prezident sovg‘asi” bolajonlarga yetkaziladi. Bu yil ham 24 turdagi o‘quv qurollari hamda 34 xil shirinlikdan iborat “Prezident sovg‘asi” ortilgan karvon viloyatimizga yetib kelgan edi.

Ayni sovg‘alarni o‘z egalariga yetkazish maqsadida Termiz shahridagi viloyat Muz saroyida “Yangi O‘zbekistonda yangi yil ruhi va yangi yil shukuhi” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tashrif buyurib, barchani bayram bilan samimiy qutlagan holda Prezident tabrigini o‘qib eshittirdi.

— Yakunlanib borayotgan yil muvaffaqiyatlarga, yutuqlarga boy yil bo‘ldi, — deydi viloyat hokimi U.Qosimov o‘z nutqi davomida. — Sohalarda rivojlanish, o‘sish kuzatildi. Kirib kelayotgan yil ham mana shunday shukuhda o‘tishi uchun esa har birimiz katta kuch va g‘ayrat bilan harakat qilmog‘imiz lozim. Ishonamanki, bir yangi yilda ko‘zlagan maqsadlarimizga, albatta, erishamiz.

Shundan so‘ng, bolajonlarga “Prezident sovg‘alari”ni ulashdi. Viloyat rahbarining qo‘lidan sovg‘a olayotgan o‘g‘il-qizlarning quvonchi, his-hayajoni cheksiz.

— Bugungi kun men uchun unutilmas bo‘ldi, — deydi termizlik bolajon Muhammadamin. — Hokim bobo menga sovg‘a berayotib, qo‘llarimni mahkam siqqancha, kelajakda katta odam bo‘lishimni tiladilar. Bu tilak meni butunlay o‘zgartirib yubordi. Men albatta, katta bo‘lsam, o‘qib, o‘rganib, hokimimiz ishonchini oqlab, Vatanim uchun kerakli inson bo‘laman.

Bayram tantanasi sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar, raqslarga ulanib, bolajonlar xursandchilik qildilar. Mana shunday bayram tadbirlari, “Prezident sovg‘asi”ni topshirish marosimlari esa viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elshoddan yuqori natija

Adegiya Respublikasining Maykop shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida...

Insonparvarlik yordami yetkazildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ramazon hayiti munosabati bilan...

Yangi zavod qurilishiga start berildi

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish...

Yoshlarning sanoatga qiziqishi oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosi...
KunTun
KunTun