Yangi savdo majmuasi ishga tushdi

Date:

Bozor va savdo markazlarida sotuvchi hamda xaridorlar uchun qulay, tartibli va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, aholini zarur imkoniyatlar bilan ta’minlash maqsadida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu vazifalar doirasida bugun Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori hududida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi. Unda aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan narxlarda sotuvga chiqarildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, aholini Yangi yil bayrami bilan tabrikladi hamda bolajonlarga bayram sovg‘alari topshirdi.

Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi yarmarkalar faoliyati yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari sotuvini sifatli, ehtiyojlarga mos va yetarli hajmda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun