Infratuzilma bosqichma-bosqich yaxshilanmoqda

Date:

Muzrabot tumanidagi 15 ta mahallada infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, Sopollitepa mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bir qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 1 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurilishi, To‘da qishlog‘ida 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 16 kilometr asosiy va ichki yo‘llar asfaltlanmoqda, 27 kilometr elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlanib, 250 kVA quvvatga ega 4 ta transformator o‘rnatilmoqda.

Ayni paytda mahallada piyodalar yo‘lakchasini barpo etish va yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun