Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 7 kun davom etgan musobaqalarda mamlakatimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan saralangan jamoalar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rin – Surxondaryo viloyati jamoasiga nasib etdi. Yuqori saviyada kechgan chempionat yakunida g‘olib jamoalar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu musobaqa yosh o‘g‘il va qizlar uchun nafaqat g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyati, balki xalqaro turnirlar oldidan o‘z mahorat va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazadigan tajriba maktabi sifatida katta ahamiyat kasb etdi. Yosh sportchilar o‘zlarining chidamliligi, tezkorligi va jamoaviy ruhini namoyon qilib, kelajakda mamlakatimizni xalqaro maydonlarda munosib tarzda ifodalashga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishdi.

