Mahallalarda infratuzilma ishlari o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlari davomida mahallalardagi infratuzilma holati va uni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

Viloyat rahbari Termiz tumani “Qahramon” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida kechagi o‘rganishlar davomida berilgan infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash, shuningdek, tadbirkorlik uchun ajratilgan maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish ishlari o‘rganildi.

Shundan so‘ng, o‘rganish ishlari Termiz shahri “Bog‘zor” mahallasida davom ettirilib, obodonlashtirish, sanitariya xizmatlari ko‘rsatilishi hamda aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaxshilash ishlari ijrosi bilan tanishildi.

Ikki mahallada ham mas’ullarga infratuzilma va kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli olib borish vazifalari yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Moliyaviy intizom kuchaytiriladi

Surxondaryo viloyatida Hisob palatasi tashabbusi bilan davlat auditi va...

Yilda ikki bor

Surxondaryo viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini yaxshilashga...

Oyda yangi noyob minerallar topildi

Xitoy olimlari Oy tuprog‘i va tog‘ jinslari namunalarini o‘rganish...

Mahorati sinovdan oʻtdi

Termiz shahridagi 16-maktabda “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovining viloyat...
KunTun
KunTun