Shomurodov chempionatda yetakchi

Date:

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Samsunspor” — “Istanbul Boshoqshehir” uchrashuvida Eldor Shomurodov yorqin o‘yin namoyish etdi. O‘zbekistonlik hujumchining gol va assisti jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Uchrashuvning 66-daqiqasida Shomurodov raqib futbolchisining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 83-daqiqada esa jamoadoshining goliga assistentlik qilib, o‘yindagi ikkinchi golga ham bevosita hissa qo‘shdi. Eldor 87-daqiqada zaxiraga olindi.

Mazkur o‘yin natijasiga ko‘ra, Shomurodov Turkiya chempionatida “gol+pas” tizimi bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga oldi. Hozirda uning hisobida 11 ta gol va 2 ta assist mavjud. Ikkinchi o‘rinda esa “Trabzonspor” safida to‘p surayotgan nigeriyalik hujumchi Pol Onuachu bormoqda — 11 gol va 1 assist.

Shomurodovning barqaror va samarali o‘yini “Samsunspor”ning chempionatdagi imkoniyatlarini yanada mustahkamlab bormoqda. Ayni paytda “Istanbul Boshoqshehir” 16 o‘yindan so‘ng 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistratura 1 yillik boʻladimi?

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda magistratura ta’limi ikki yo‘nalishga...

TerDUda xorijiy professorlar faoliyat boshladi

Termiz davlat universitetiga Eron Islom Respublikasidan ikki nafar professor-o‘qituvchi...

“JIYDALI”DA EZGU TASHABBUS

Qumqo‘rg‘on tumanining “Jiydali” mahallasida zamonaviy yangi to‘yxona foydalanishga topshirildi. Ochilish...

“KARBON KREDIT” MEXANIZMI YO‘LGA QO‘YILADI

Iqlim o‘zgarishi sharoitida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va “yashil”...
KunTun
KunTun