Baxtli oila

Date:

Jamiyat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi, eng avvalo, oiladan boshlanadi. Oila — bu shunchaki qarindoshlik rishtalari emas, balki ma’naviyat, tarbiya, mehr-oqibat va mas’uliyat maktabidir. Shuning uchun ham “Baxtli oila — yurt istiqboli” degan ibora chuqur ma’noga ega bo‘lib, hayotiy haqiqatni o‘zida mujassam etadi.
Baxtli oilada o‘zaro hurmat, ishonch va tushunish ustuvor bo‘ladi. Bunday muhitda voyaga yetayotgan farzand nafaqat bilimli, balki vatanparvar, halol va mas’uliyatli inson bo‘lib kamol topadi. Ota-onaning bir-biriga bo‘lgan munosabati, muammolarga sabr bilan yondashuvi, farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tibori jamiyat kelajagini belgilab beradi. Bugungi kunda globallashuv, axborot oqimining kuchayishi, turli ijtimoiy muammolar oilaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ayrim hollarda beparvolik, tushunmovchilik va mas’uliyatsizlik oilaviy nizolarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa jamiyat barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun oilani mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy muhit yaratish davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.
Baxtli oila — bu faqat moddiy farovonlik emas. Asosiy boylik — mehr, e’tibor, o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdir. Oilada sog‘lom muhit mavjud bo‘lsa, unda ulg‘aygan farzand jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi, yurt ravnaqiga hissa qo‘shadi. Shu boisdan ham oila masalasi har bir fuqaro uchun shaxsiy emas, balki umumiy mas’uliyat hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, har bir mustahkam va baxtli oila — bu kuchli jamiyatning poydevori, ravnaq topgan yurtning kafolatidir.

G.Kayumova,
TerDU Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Unutilmas toʻy boʻldi

Qiziriq tumanida ezgu va insonparvarlikka yo‘g‘rilgan muhim tadbir tashkil...

Abdul Vahhob “Premier League” chempioni

Xitoyning Leshan shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli “Premier League”...

Yangi koʻprik ishga tushdi

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoit yaratish bugungi...

Shaffof va tizimli

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalarni tan olishning yangi...
KunTun
KunTun