Halollik do‘st, nafs esa dushman

Date:

Jamiyatda adolat va halollik eng muhim mezon bo‘lib, ayniqsa, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tizimlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan chekinmasligi shart. Afsuski, ayrim hollarda mansab va xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish holatlari uchrab turadi. Quyida bayon etilayotgan voqea ham nafsga berilib, halol mehnat o‘rniga noqonuniy yo‘lni tanlagan shaxsning ayanchli oqibatini yaqqol ko‘rsatadi.
Fuqaro G.Maqsadova “Suv ta’minoti” AJ Termiz shahar filialiga murojaat qilib, yashash xonadonida suv ta’minoti yo‘qligi sababini aniqlash hamda mavjud holat yuzasidan ma’lumot olishni so‘raydi. Mas’ul mutaxassis aslida mavjud bo‘lmagan yoki asossiz ravishda 207 000 so‘m qarzdorlik sun’iy ravishda ko‘paytirib ko‘rsatiladi.
Shundan so‘ng, mutaxassis o‘zining haqiqiy niyatini oshkor etib, agar 1 million so‘m pul bersa, tizimdagi qarzdorlikni “o‘chirib”, qarzdorligi yo‘qligi haqida rasmiy ma’lumotnoma berishini aytadi. Bu bilan u xizmat vakolatlaridan foydalanib, ochiqchasiga pora talab qiladi.
Ertasi kuni, kelishilganidek, G.Maqsadova aytilgan miqdordagi pul mablag‘ini olib keladi. Mutaxassis pora pulini qabul qilib, qarzdorligi yo‘qligi haqidagi ma’lumotnomani berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Nafsga qul bo‘lish – insonni tubanlikka yetaklaydi. Bugun bir million so‘m uchun qilingan jinoyat ertaga obro‘, kasb va erkinlikdan mahrum bo‘lishga olib keladi. Eng achinarlisi, bunday holatlar jamiyatning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadi.
Halol xizmat – eng katta boylik, nafs esa eng xavfli dushmandir. Bu voqea esa mansabni shaxsiy manfaat yo‘lida ishlatgan har bir kishi uchun jiddiy ogohlantirish bo‘lib qoladi.

Sobir ABDUVOHIDOV,
viloyat prokuraturasi
bo‘lim boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Zinkaning ahvoli qanday?

Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida topib olingan noyob qo‘ng‘ir ayiq...

Shomurodov chempionatda yetakchi

Turkiya Superligasining 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Samsunspor” — “Istanbul...

“Kapa yurt” — imkoniyatlari bisyor loyiha

Sherobod tumanida joylashgan "Xo‘jaikon" tuz g‘ori salohiyatidan zamonaviy yondashuvlar...

TEZ TIBBIY YORDAM PODSTANSIYASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Yangi yil arafasida Jarqo‘rg‘on tumani aholisi uchun yana bir...
KunTun
KunTun