Noqonuniy dori aylanmasi fosh etildi

Date:

Surxondaryo viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini yashirin yo‘l bilan mamlakat hududiga olib kirishga urinish holati aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida protein mahsulotiga “qoradori” aralashtirilgan holda yuborilgan kuryerlik jo‘natmasi to‘xtatib qolindi.

Aniqlanishicha, mazkur jo‘natma Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga 30 yoshli fuqaro nomiga yuborilgan bo‘lib, kukun ko‘rinishidagi mahsulot ichiga jami 1200 dona kapsula yashirilgan. Ushbu kapsulalar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari toifasiga kirishi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur voqea noqonuniy dori vositalari aylanishiga qarshi kurashish, aholi salomatligini himoya qilish va chegaralarda nazoratni kuchaytirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarning amaliy samarasini yana bir bor ko‘rsatdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun