Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Date:

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga manzilli yechim topish maqsadida viloyatda onlayn shakldagi ommaviy qabullar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida navbatdagi onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi. Dastlab, avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahlil qilinib, hududiy studiyalar orqali mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

Shundan so‘ng, shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida 344 nafar fuqaroning turli yo‘nalishlardagi 390 ta murojaati ko‘rib chiqilib, ularni hal etish maqsadida viloyat, shahar va tuman darajasidagi 350 nafar mutasaddiga ijro topshiriqlari yuklatildi. Murojaatlarning 27 tasi esa qabul jarayonidayoq ijobiy hal etildi.

Tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda 56 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ulardan 12 tasi joyida hal qilindi, qolganlari bo‘yicha esa masalalarni chuqur o‘rganish va amaliy yechim ishlab chiqish vazifalari tegishli rahbarlarga yuklatildi.

Barcha murojaatlar viloyat hokimligi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan qat’iy nazoratga olinib, ularning ijrosi kunlik monitoring qilinishi hamda natijalar yuzasidan hokimga muntazam axborot berish belgilandi. Qabul yakunida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kambag‘al oilalar reestrini shakllantirish yuzasidan Ishchi guruhning televideniye ijodkorlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Xatlov ishlarini to‘liq, sifatli va manzilli amalga oshirish, haqiqatan ham og‘ir toifadagi oilalarni reestrga kiritish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun