Bankni erkin tanlash huquqi beriladi

Date:

O‘zbekistonda to‘lov tizimi yanada qulay va ochiq bo‘lishi yo‘lida muhim yangilik joriy etilmoqda. Markaziy bank tashabbusi bilan jismoniy shaxslar bank hisobvaraqlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil raqamga asoslangan yangi xizmat yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi tartib fuqarolarga o‘z maoshini qaysi bank yoki elektron hamyon provayderi orqali olishni mustaqil tanlash imkoniyatini beradi. Bu esa ish beruvchilar tomonidan majburiy ravishda ma’lum bir bankka bog‘lab qo‘yish amaliyotini bartaraf etib, raqobatni oshiradi va mijozlar uchun qulaylik yaratadi.

Tizim ishga tushishi bilan fuqarolar ko‘proq xizmat sifati, past tariflar va mobil ilovalardagi imkoniyatlarga ko‘ra o‘zlariga eng ma’qul bo‘lgan bankni bemalol tanlay oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mini futboldan shaxmatgacha…

Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida...

Tanishuv ko‘ngildagidek kechdi

Boysun tumanida “Boysun bahori” turizm majmuasida bo‘lib o‘tadigan bayram...

Loyihalar ijrosi muhokama qilindi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanining "Karvon" mahallasida bo‘lib,...

Tizimda yangi turtki

Angor tumanida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash...
KunTun
KunTun