Joriy yilning 26-noyabr kuni tasdiqlangan yangi nizomga ko‘ra, aliment to‘lovchi shaxslar sug‘urta polisini ilova qilgan holda murojaat etganda, davlat ijrochilari ularning chet davlatga chiqishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi.
Ushbu sug‘urta polislarini faqat tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari rasmiylashtiradi. Eng muhim jihati — sug‘urta mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan avtomatik ravishda aniqlanadi va jarayon inson omilisiz tezkor amalga oshiriladi.
Mazkur tartib aliment to‘lovchilarga zarur holatlarda chet elga chiqish imkoniyatini yaratadi hamda jarayonning shaffof va qulay bo‘lishini ta’minlaydi.

