Tajribamiz ommalashadi

Date:

Viloyatimizda tomorqadan yuqori daromad olishni aholiga o‘rgatish maqsadida tashkil qilingan “Innovatsion tomorqa maktabi” qisqa muddatda o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi. Mahalliy tadbirkor bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan ushbu maskan bugun tomorqachilikka ilmiy yondashuvni olib kirib, Surxondaryoga xos bo‘lgan issiq iqlim sharoitidan maksimal darajada foydalangan holda yuqori daromad olish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba maktabiga aylandi. Bu Prezidentimiz tomonidan e’tirof etilib, ayni tajriba respublika hududlariga ommalashtirish vazifasi belgilab berilgani har bir vohadoshimizni quvontirdi.
Mazkur vazifalar doirasida tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Toshkent, Navoiy va Buxoro viloyatlaridan tashrif buyurgan tumanlar hokimlari, viloyat va tuman hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, usta-dehqonlar hamda shu kabi loyihani amalga oshirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar “Innovatsion tomorqa maktabi”da ilmiy yondashuvlar asosida bir yilda besh martagacha hosil olish, yuqori daromadli sitrus mevalar, anjir, xurmo, gul va rozmarin kabi mahsulotlar yetishtirishni o‘rgatishga qaratilgan kurslar bilan tanishdi, jarayonlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, nafaqat nazariy, balki amaliy tajriba bilan ham tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ularga “tomorqa maktabi” faoliyati, undagi imkoniyatlar va erishilgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari Termiz tumanida “Leto” kompaniyasi tomonidan eksport uchun yuqori daromadli ekinlar yetishtirish va logistika markazi, Angor tumanida aholi xonadonlarida eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish tajribalari, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida yoshlarni kasb, til va IT-texnologiyalarga o‘rgatish markazi, xizmat ko‘rsatish va servis maskani hamda Qiziriq tumanida ochiq kollektorlarni zamonaviy uslubda yopiq tizimga o‘tkazish orqali ochilgan maydonda tashkil etilgan tadbirkorlik loyihalarini ham o‘rganishdi.
Ikki kun davom etgan mazkur seminarda respubli-kamizning qolgan hududlaridan ham mas’ullar ishtirok etdi. “Termiz tajribasi” asosida har bir hududda beshtadan o‘quv-tajriba maydonlari tashkil etilishi belgilangan. Bu esa respublikamiz bo‘ylab innovatsion tomorqachilik madaniyati shakllanishini yanada jadallashtiradi.
“Innovatsion tomorqa maktabi” nafaqat Surxondaryoning, balki butun O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi tajribasiga yangi nafas olib kira oldi. Bugungi kunda tomorqadan yuqori daromad olishning ilmiy asoslari o‘rgatilayotgani, mahalliy aholi bandligining kengayayotgani, eksportbop mahsulotlar yetishtirish salohiyatining oshayotgani — bularning barchasi ushbu loyihaning qanchalik hayotiy va istiqbolli ekanidan darak beradi.
“Termiz tajribasi” mamlakat bo‘ylab yoyilgach, tomorqa endi oddiy yer bo‘lagi emas, balki har bir oila uchun barqaror daromad manbayi, zamonaviy agrotexnologiyalarni tatbiq etish maktabiga aylanadi. Shu ma’noda, bugun boshlanayotgan ishlarga ertangi farovonlik poydevori bo‘lib xizmat qiladi.

“Surxon tongi”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun