“Yuksalish” faollikka chorlaydi

Date:

Bugungi davr iqtisodiyotining asosiy negizini davlatda hukmron tinchlik va osoyishtalik, ijtimoiy barqarorlik tamoyillari belgilab beradi. Axborot asri deya e’tirof etilayotgan ayni zamonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda keng jamoatchilikning ishtiroki muhim omil sanaladi.Har qanday huquqiy-demokratik davlatda jamoatchilik fikri dunyoviy siyosat yuritishda muhim rol o‘ynaydi. Xabaringiz bor, 2021-yil 4-martda “2021—2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolangan edi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini hamda dolzarb masalalarni hal etishda hamkorligini kuchaytirish, respublikada barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining tashabbuskorligi va faolligini oshirish ushbu yo‘nalishda ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Ushbu an’anani davom ettirgan holda mamlakatimizda
2026-2030-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi yangi loyihasini ishlab chiqish jarayoni boshlab yuborildi. Mazkur tashabbus “Yuksalish” harakati tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, muhokamalar ochiq, inklyuziv va fuqarolik jamiyatining faol ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Konsepsiya loyihasi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
Muhokamalardan ko‘zlangan asosiy maqsad – hujjatni markazdan emas, balki joylardan boshlab, fuqarolarning o‘z tashabbuslari va takliflariga tayanib shakllantirishdan iborat.
Kuni kecha Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmasi tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda:
— Fuqarolik jamiyatining hozirgi holati va rivojlanish imkoniyatlarini aniqlash;
— NNTlarining huquqiy asoslari va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash (grantlar, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar, ijtimoiy tadbirkorlik);
— davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
— fuqarolarning qaror qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish, ko‘ngillilik va mahalla tizimi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
— Fuqarolik jamiyati institutlarini raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ularning media makondagi faolligini oshirish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
— Jarayonning muhim jihatlaridan biri — faqat tanqidiy fikrlar emas, balki aniq yechimlar, amaliy takliflar va ijobiy tashabbuslarga urg‘u berishdir. Har bir hududda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlar, joylardagi tajriba va tashabbuslar inobatga olinmoqda. Bu kabi muhokamalar orqali fuqarolik jamiyati institutlarining nafaqat ishtirokchisi, balki islohotlarning bevosita tashabbuskori ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan faol fuqarolik, ochiq boshqaruv va ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalda ro‘yobga chiqarish aynan shunday tashabbuskorlik orqali amalga oshadi.
Mazkur jamoatchilik muhokamalari NNTlar milliy assotsiatsiyasi, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hamda o‘zbekiston Mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
— Ushbu hamkorlik fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, bir-biridan o‘rganish va yagona maqsad – ochiq, faol va adolatli jamiyat qurishga xizmat qilmoqda, — deydi “Yuksalish” harakati viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari
G.Amirova.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab takliflar berildi, fikr va mulohazalar bildirildi. Yig‘ilishda NNTlar, jamoat faollari, ijtimoiy tadbirkorlar, blogerlar, ilmiy muassasalar, davlat idoralari, OAV vakillari va faol fuqarolar ishtirok etishdi.

X. TOG‘AYMURODOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun