Munosib izdoshlar saralandi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirovaning kirish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida iste’dodli, ijodkor, ilmga chanqoq va faol qizlarni qo‘llab-quvvatlashda mazkur tanlovning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.

Hududiy bosqichlarda oʻz yo‘nalishlarida iqtidorini namoyon etgan nomzodlar viloyat bosqichiga bor mahoratlarini namoyon etdilar. Yakunda esa oltinsoylik Muxlisa Turopova munosib tarzda 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun