Qo‘shimcha lavozimlar joriy etiladi

Date:

 Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruqqa ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:

▪ Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi;

▪ Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi;

▪ Kasbiy ta’lim agentligi.

 Shuningdek, respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:

 * vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);

 * hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun