Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Date:

Hududlarda xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida viloyat rahbari “Lutfkor” mahallasida “Baxrilloi Rustam chorvador” MCHJ tomonidan tashkil etilgan mehmonxona, ayollar fitnes klubi, savdo hamda umumiy ovqatlanish nuqtalari faoliyati bilan tanishdi. Prezident qarori asosida yaratilgan qulay sharoitlar natijasida bu loyihalar nafaqat aholiga, balki tuman mehmonlariga ham sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Shuningdek, “Shabnam” mahallasidagi “Al Shamsher” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Hokim korxona rahbarlariga ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Mazkur tashrif doirasida mas’ullarga tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun