Ta’limda yangi tartib

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi, Iqtisodiyot va moliya hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining qo‘shma qarori bilan sinflarni komplektlash va tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda dars soatlari pedagogik kengash tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15-sentyabrga qadar o‘qituvchilar o‘rtasida malaka va sertifikat darajasiga qarab ustuvorlik asosida taqsimlanadi.

Ustuvorlik ketma-ketligi oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilardan boshlab, sertifikatli, birinchi va ikkinchi toifadagi, so‘ngra toifasiz yoki talaba o‘qituvchilargacha belgilanadi.

Boshlang‘ich sinflarda dars soatlari taqsimlanayotganda o‘qituvchining boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligi yoki metodik tayyorgarligi inobatga olinadi.

Shuningdek, zarurat tug‘ilganda pedagogik kengash dars soatlarini qayta taqsimlashi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun