Huquqi daxlsiz “himoyachi”

Date:

Demokratik va huquqiy davlatning eng muhim tayanchla-ridan biri bu — mustaqil sud-huquq tizimidir. Ushbu tizimda faoliyat yurituvchi har bir shaxs — sudya, prokuror, tergovchi yoki advokat — o‘zining aniq belgilangan vazifalari, mas’uliyati va daxlsizlik huquqiga ega.Ayniqsa, advokatura instituti adolatni qaror toptirishda, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.
“Advokat” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “himoyachi” yoki “oqlovchi” degan ma’noni bildiradi. Bu
so‘zning o‘zida-yoq advokatlik kasbining mohiyati mujas-sam — u inson sha’ni, huquqi va manfaatini himoya
qilish uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Advo-katura to‘g‘risida”gi qonunining 1-moddasida ta’kidlanishicha, advokatura — bu mustaqil, ko‘ngilli kasbiy birlashma bo‘lib, advokat-lik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning yuridik hamja-miyatidir. U fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga huquqiy yordam ko‘rsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda adolatni ta’minlash uchun faoliyat olib boradi.
Advokatlik kasbining eng
muhim jihatla-ridan biri — mustaqillik va daxlsizlikdir. Hech kim advokatning faoliyatiga noqonuniy aralashishga haqli emas. U har bir mijoz bilan shaxsan muloqotda bo‘lib, himoyani mustaqil olib boradi, zarur hollarda aholiga bepul yuridik yordam ham ko‘rsatadi.
Advokatlar o‘z bilim, tajriba va fidoyiligi bilan insonlarning eng nozik masalalarida ularga ishonch bag‘ishlaydi. Advokatura tizimi esa huquqiy davlatning yuragi bo‘lib, u orqali jami-yatda adolat, qonuniylik va insonparvarlik qadriyatlari hayotga tatbiq etiladi.

Dildora Niyozova,
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun