Narxlar barqaror

Date:

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nafaqat issiqlik ta’minoti yoki energiya masalasi, balki aholining kundalik ehtiyojlarini barqaror va arzon narxlarda ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Shu maqsadda Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida shahar hududidagi yirik bozorlar va savdo majmualarida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida aholining eng zarur mahsulotlari — un, yog‘, sabzavot, go‘sht va ko‘katlarning narxi, sifati hamda zahira holati sinchkovlik bilan tahlil qilindi. Shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, bozor rastalaridagi narx-navolarni barqaror ushlab turish, aholining talab-ehtiyojlarini to‘liq qondirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Hokim ta’kidlaganidek, kuz-qish mavsumida har bir mahalla, bozor va ijtimoiy soha obyektida barqaror ta’minotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning tinch va farovon hayotini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘rganishlar yakunida zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetarli miqdorda zaxiralash, ularni saqlash sharoitlarini yaxshilash, narxlarning keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Orzudan boshlangan yo‘l

Har bir inson hayotida uning kelajagiga yo‘l ko‘rsatadigan, qalbiga...

Xalqaro yuk tashuvlarida yangi bosqich

Xitoy–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston yo‘nalishida ilk konteyner poyezdi yo‘lga qo‘yildi. 50 ta...

Harbiy xizmatchilarga asalarichilik sirlari o‘rgatilmoqda

Asalarichilik — mehnatsevarlik, sabr va mas’uliyatni talab etadigan, insonni...

Sariosiyodagi 94 ta maktabga 325 million so‘m

Ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bugungi kunda...
KunTun
KunTun