E’zoza eʼzozda

Date:

Yurtimiz sportchilari xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishishda davom etmoqda. Shunday iqtidorli yoshlarimizdan biri — Qiziriq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Abdujabborova E’zoza yirik musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Misr Arab Respublikasining Qohira (Kayr) shahrida o‘tkazilgan yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasidagi parapowerlifting bo‘yicha Jahon chempionatida E’zoza 60 kg vazn toifasida bahsga kirishib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Ushbu yutuq nafaqat sportchining shaxsiy mehnati, balki Qiziriq sport maktabida olib borilayotgan samarali ishlarning, yurtimizda sportga, ayniqsa imkoniyati cheklangan yoshlar sportiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun