Ikki piyola suv

Date:

Qadim zamonda boyligi bilan maqtanuvchi hukmdor bo‘lgan edi. U qayerga bormasin, xazinasidan bir qism olib, uni boshqalarga  ko‘z-ko‘z qilar edi.  Bir kuni u eng ishongan olim do‘stiga shunday savol berdi: 

– Sen olimlar ichra mashhur va donosan. Men sening fikringni bilmoqchiman. Mening hukmdorligim va davlatim haqida nima deya olasan?

Olim javob berishning yo‘lini topdi va hukmdorga  shunday dedi:

– Faraz qilaylik, siz bepoyon va jazirama cho‘lning qoq o‘rtasida turibsiz. Shu payt tomog‘ingiz qaqrab, nihoyatda chanqadingiz. Ammo yashab qolish uchun yarim davlatingiz evaziga sizga bir piyola suv uzatildi. Siz bunga rozi bo‘larmidingiz?

– Albatta, rozi bo‘lardim.

– Ancha vaqt o‘tdi. Chanqoq kuchaydi. Qolgan davlatingiz evaziga sizga yana bir piyola suv taklif qilindi. Siz bunga ham  rozi bo‘larmidingiz?

Hukmdor bir oz o‘ylandi va noiloj:

– O‘lmay qolish uchun men davlatimning qolganini ham berishga majburman, – dedi.

Shunda olim miyig‘ida kulib: – Demak, g‘ururlanishga  hojat yo‘q, hukmdor. Sizdagi boylikning bahosi bor yo‘g‘i ikki piyola suv ekan…, – dedi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Men bilgan xalq xizmatchisi

Denov tumanida aholining farovon hayot kechirishini ta’minlash, bandlikni oshirish...

Imkoniyat va saboq

Bugungi globallashuv davrida xorijiy ta’lim va amaliy tajriba yoshlarning...

Ishlar jadal tus oldi

Surxondaryo viloyatida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi...

Aholi  farovonligi yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori...
KunTun
KunTun