Bugungi isrof — ertangi fojia

Date:

Bugun dunyo ekologik muammolar girdobida. Chiqindilarni yoqish, suvni isrof qilish, daraxtlarni kesish, havoni ifloslantirish — bu ishlarning har biri oddiy xato emas, hayot manbayini yo‘qotish bilan barobar. biatga befarq bo‘lsak, ertaga farzandlarimiz nafas oladigan havo, ichadigan suv zavol topadi. Shu bois, ekologik madaniyatni yuksaltirish har bir inson uchun eng muhim burchga aylanishi zarur.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu konsepsiya fuqarolarda tabiatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish, ekologik mas’uliyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Oltinsoy tumanida ham mazkur yo‘nalishda amaliy ishlar jadal olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda mahallalarda ekologik targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlarning bosh maqsadi — yoshlarni va aholining barcha qatlamlarini tabiatga befarq bo‘lmaslikka o‘rgatishdir.
“Tabiat do‘stlari”, “Yashil kelajak”, “Yoshlar va ekologiya” kabi loyihalar orqali o‘quvchilar chiqindilarni to‘g‘ri saralash, suvni tejash, daraxt va gullarga g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini o‘rganmoqda. Bu esa ularning hayotga bo‘lgan qarashini o‘zgartirib, mas’uliyat hissini kuchaytirmoqda.
Mahallalarda o‘tkazilayotgan ekologik suhbat va uchrashuvlarda esa aholiga chiqindilarni yoqish havoga zaharli modda chiqarishini, suvni isrof qilish esa kelajakdagi qurg‘oqchilik xavfini keltirib chiqarishini misollar bilan tushuntirib berilmoqda.
“Yashil hudud — sog‘lom hayot”, “Ekologiya — kelajak poydevori” kabi shiorlar ostida o‘tkazilayotgan tashabbuslar jamoatchilikni birlashtirib, ekologik ongni hayot tarziga aylantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Tabiatni asrash — bu shunchaki tashabbus emas, kelajak avlod hayoti uchun mas’uliyatdir.

Barno Eshanqulova,
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Men bilgan xalq xizmatchisi

Denov tumanida aholining farovon hayot kechirishini ta’minlash, bandlikni oshirish...

Imkoniyat va saboq

Bugungi globallashuv davrida xorijiy ta’lim va amaliy tajriba yoshlarning...

Ishlar jadal tus oldi

Surxondaryo viloyatida 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholi...

Aholi  farovonligi yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori...
KunTun
KunTun