Terim qizg‘in pallada

Date:

Surxondaryo dalalarida hozir paxta yig‘im-terimi ishlari qizg‘in davom etmoqda. Vohalik mehnatkashlar, terim otryadlari va mahalla faollari yelkama-yelka bo‘lib, “oq oltin” xirmonini to‘ldirishda fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar. Bu jarayonda terimchilarning tinimsiz mehnati, ishni uyushqoqlik bilan tashkil etayotgan otryad rahbarlari, shuningdek, ishsiz fuqarolarni terimga jalb qilib, oilalarga daromad manbai yaratib berayotgan mahalla raislarining hissasi alohida e’tiborga loyiq.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, paxta terimi jarayonlari bilan tanishdi. U terim otryadlari rahbarlari, ilg‘or terimchilar va hasharlarda faol ishtirok etayotgan mahalla raislari bilan uchrashib, ularning mehnatiga minnatdorchilik bildirdi.

Viloyat rahbari tomonidan terimda faollik ko‘rsatgan otryad rahbarlariga 1,5 million so‘mdan pul mukofotlari, ilg‘or terimchilar va mahalla raislariga esa esdalik sovg‘alari topshirildi. Shu kabi rag‘batlantirish tadbirlari bugun viloyatning barcha tumanlarida ham o‘tkazilib, hokimlar tomonidan faol ishtirokchilar tantanali tarzda taqdirlandi.

Shuningdek, mutasaddilarga terim jarayonlarini sifatli tashkil etish, fermer va oilaviy pudrat xo‘jaliklariga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun