“Mobil bilimlar xizmati”

Date:

Bugungi kunda aholining dardiga sherik, hayot tarzi bilan tanish bo‘lish dolzarb vazifalardan. Xalq universitetlari Nemis assotsiatsiyasining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) homiyligida amalga oshirilayotgan loyihalarning asosini ham aynan fuqarolarning kundalik turmush tarzi bilan tanishuv tashkil etadi.

“Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi xodimlari tashabbusi bilan boshlangan “Mobil bilimlar xizmati” loyihasi ham shu maqsadni ko‘zda tutadi. Markaz hamshirasi, ijtimoiy xodim, psixolog va yuristlari ishtirokida Termiz shahridagi mahallalarda aholi bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari olib borilayotir. Termiz shahridagi “Bog‘zor” mahallasida tashkil etilgan navbatdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatilish bilan birga ularning sog‘ligi nazoratdan o‘tkazildi. Bog‘zorlik fuqarolarga ijtimoiy psixologik yordamlar ham ko‘rsatildi.

X.Ziyodov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun