Bir kunda “mashinkali” bo‘ldi

Date:

Ishsiz o‘tirgan odamning hammasida ham hunar yo‘q. Hunarlining ham hammasida imkoniyat. “Bir kam dunyo” deb shuni aytadilar. Shahnoza va Sitoraning esa tikuvchilikning asi bo‘lganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Lekin ishsizlikning og‘rig‘ini totayotgan xotin-qizlarni o‘ylab boshlagan tashabbusini qo‘llab-quvvatlovchilar bir necha muddat topilmadi. Axiyri, Sherobod tumani 3-sektor hududida joylashgan “Oltin voha” mahallasidagi xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish maqsadida Shahnoza va Sitora Ko‘charovalar Yoshlar ishlari agentligiga 10 dona tikuv mashinasi so‘rab murojaat qildi. Bir kun muddatda ijobiy hal etilgan murojaatning quvonchi tikuvchi qizlarning orzulari ushalishi ortidan kelgan savobga ulanadi.

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan va’da qilingan sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi. Tikuvchilik qilishlari uchun ham alohida joy ajratib ta’mirlab berildi. Ayni damda qizlar o‘z shogirdlari bilan ishni boshlab yuborishgan.

Beg‘ubor Ziyodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun