“Uzbekistan Judo Tour” musobaqalari Termizda

Date:

Termiz shahri yana bir bor yurtimiz sport hayotining markaziga aylandi. “Uzbekistan Judo Tour” doirasidagi musobaqalarning oltinchi bosqichi Surxondaryoda tashkil etildi. Bellashuvlar Termiz shahridagi viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tdi. Tatami ustida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridan kelgan 169 nafar dzyudochi o‘zaro kuch sinashdi.

200 million so‘m miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan ushbu nufuzli musobaqada erkaklar o‘rtasida -66 kg, -81 kg va +90 kg, ayollar o‘rtasida esa +70 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Musobaqa davomida sportchilar nafaqat jismoniy kuch, balki yuksak texnika, matonat va iroda namoyon qilishdi. Yakunda eng yaxshi natija ko‘rsatgan dzyudochilarga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun