FVB faollikka chorlaydi

Date:

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida aholi, o‘quvchi-yoshlar hamda ishlab chiqarish korxonalari xodimlari o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Kampaniyaning asosiy maqsadi – aholi ongini oshirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga chorlash hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shu munosabat bilan shahar va tumanlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar hamda yirik ishlab chiqarish korxonalarida uchrashuvlar, amaliy mashg‘ulotlar va profilaktika tadbirlari tashkil etilmoqda.

Maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga turli turdagi yong‘inlarning sabablari, ularning oldini olish yo‘llari, zarurat tug‘ilganda o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi ko‘rsatib berilmoqda. Shu bilan birga, uy-joylarda, ko‘p qavatli binolarda va ishlab chiqarish obyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.

“Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi nafaqat xavfsizlikka bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytiradi, balki aholi o‘rtasida fuqarolik mas’uliyati va ogohlik madaniyatini ham yuksaltirib boradi. Viloyat FVB barcha hamyurtlarimizni ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok etishga, shaxsiy va jamoat xavfsizligini ta’minlashda mas’ul bo‘lishga chorlaydi.

Zulfiya Sohibova,

Viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun