Oshkor etsa, javobgarlik bor

Date:

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Oʻzgartirishlarga koʻra, yopiq sud majlisi muhokamasi ma’lumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar berdi. Jinoiy javobgarlikning mazmuni haqida xabarda ma’lumot berilmadi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi ma’lumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.

Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun