Biri-birini to‘ldiradi

Date:

Insoniyatning buyuk kelajagi bilim va tarbiyaga tayanadi. Shu bois har bir ota-ona farzandining ta’lim olishi uchun eng yaxshi sharoitni qidiradi. Jamiyat esa avlodlar kelajagini o‘ylab, ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratadi.Bugun mamlakatimizda davlat va xususiy maktablar yonma-yon rivojlanib, bir-birini to‘ldirib bormoqda.
Bugun jamiyatimizda “qaysi biri ustun?” degan savol o‘rnini “qaysi biri qaysi yo‘nalishda kuchliroq?” degan fikr egallamoqda. Chunki xususiy va davlat maktablari raqib emas, balki bir-biri bilan uzviy bog‘liq tizimlarga aylandi. Biri zamonaviy innovatsiyalarni joriy etayotgan bo‘lsa, ikkinchisi keng ommaga barobar bilim eshigini ochmoqda.
Prezidentimiz tashabbuslari asosida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida mamlakatimizda xususiy ta’lim muassasalari faol rivojlanmoqda. Bu borada Surxondaryo viloyati ham ortda qolmayapti. So‘nggi sakkiz yil ichida viloyatda bir qator xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va hatto oliy ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, xususiy ta’lim maskanlariga davlat tomonidan ham keng sharoit va imtiyozlar yaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, tadbirkorlarni ta’lim sohasiga sarmoya kiritishga undamoqda. Natijada esa yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, minglab bolalar sifatli ta’lim olish imkoniga ega bo‘layotir.
Shu kunlarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Gulira’no” mahallasida “Volshebniy Zamok” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan xususiy maktab qurilishi jarayoni bilan tanishdi. Umumiy qiymati 65 milliard so‘mga teng bo‘lgan ushbu loyiha 900 o‘rinli zamonaviy ta’lim maskanini o‘z ichiga oladi.
Tashrif chog‘ida loyiha tashabbuskori bilan mavjud masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Darhaqiqat, viloyatimizda ham xususiy bog‘cha va maktablarga qaratilayotgan e’tibor — ertangi kun avlodini bilimli, vatanparvar va tashabbuskor etib tarbiyalash yo‘lidagi dadil qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun