Foyda ham, istiqbol ham qo‘limizda

Date:

Endi davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvarda tasdiqlangan “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
Bunda, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari hududlarda aniqlangan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlarini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Davlat aktivlari agentligining “Davlat mulki” axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.
Onlayn-buyurtmanoma uch ish kuni ichida Davlat aktivlari agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘chmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechiriladi hamda o‘rganiladi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalar ko‘chmas mulk obyektlarining onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini rad etish uchun sabablar bo‘lmaganda:
— davlat ko‘chmas mulk obyekti elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga o‘tkaziladi;
— davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasi boshqaruv organlarida ko‘rib chiqilishi uchun yuboriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu jarayon nafaqat davlat mulkidan samarali foydalanishga, balki tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Kim tezroq qaror qabul qilsa va imkoniyatni qo‘ldan boy bermasa – foyda ham, istiqbol ham uning qo‘lida bo‘ladi.

Bekzod Jumayev,
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish”
AJ viloyat hududiy vakili

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun