Narx-navo barqaror

Date:

Jamiyat farovonligi, oilalar byudjeti va aholining kundalik turmushi eng avvalo bozorlarda arzon va sifatli mahsulotlarning mavjudligiga bog‘liq. Shu bois aholiga qulay sharoit yaratish, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda.

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev tegishli mas’ullar bilan birgalikda “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJda arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati va bozordagi narx-navo barqarorligini o‘rgandi. Tashrif davomida chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi ko‘zdan kechirilib, aholiga yanada qulay imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Arzon va sifatli mahsulotlar aholining xarajatlarini kamaytirib, oilaviy farovonlikni mustahkamlaydi, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu sababli, yarmarkalarda mahsulotlarning narxi bozordagidan arzon, sifati esa talabga javob beradigan bo‘lishi qat’iy nazorat qilinmoqda.

Tuman hokimi savdo rastalarini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga va tadbirkorlarga aholiga sifatli mahsulot yetkazib berish, narx-navoni barqaror ushlab turish va savdo rastalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, yong‘in xavfsizligi vositalarining mavjudligi, elektr tarmoqlarining holati ham ko‘rib chiqilib, tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Millat ziyosi”: imkoniyatlar va ilhom maydoni

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi...

“Tashabbusli byudjet” samara bermoqda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi vakillari tomonidan shahardagi muhim...

Chavandozlar maydonda

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida Boysun tumani "Inkubod"...

“Bir kunda – 1000 kitob”

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova hamda Termiz...
KunTun
KunTun