Ilk rivojlanish markazlari faoliyat boshladi

Date:

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bugun Jarqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida yangi ilk rivojlanish markazlari foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etdi.

Markazlar maktabgacha ta’limga jalb etilmagan bolalarga teng imkon yaratish, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish, har tomonlama rivojlanishini ta’minlashni maqsad qilgan.

Ushbu markazlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari birinchi navbatda qabul qilinadi va xizmatlar mutlaqo bepul bo‘ladi. Endilikda 480 nafar bola maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinadi.

Tajribali tarbiyachi pedagoglar tomonidan 3-6 yoshli bolalar uchun 3,5–4 soatlik qisqa muddatli mashg‘ulotlar oʻtilsa, maxsus ta’lim guruhlarida pedagoglar 2-7 yoshli maxsus ehtiyojli bolalarga uyida ta’lim-tarbiya beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun